Kecha ijtimoiy tarmoqlarda oʻqituvchilarga “Malibu”, “Tracker”, “Onix”, “Equinox”, “Captiva 5T” avtomobillarini 5-yilga boʻlib toʻlashga beriladi, degan xabar tarqalgandi.
Xabarda Bu haqda Bosh vazir A.Aripov tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.Umarovaning xatiga javob sifatida vazirlar va masʼullarga topshiriq berilgan.
Avtomobillar «Muallim eʼzozda« aksiyasi doirasida tijorat banklari orqali boshlangʻich badali 30 foizdan oshmagan holda imtiyozli ravishda 60 oylik (5-yil) muddatli toʻlov asosida berilishi maʼlum qilingandi.
Bir necha soat oʻtgach, UzAuto Vazirlar Mahkamasining oʻqituvchilar uchun avtomobillarni tijorat banklari orqali 60 oy muddatga va 30 foiz dastlabki toʻlov bilan imtiyozli shartlar asosida xarid qilish boʻyicha topshirigʻini rad etilgani xabari tarqaldi.
Bugun esa “Oʻzavtosanoat” AJ Vazirlar Mahkamasining topshirigʻini rad etgani toʻgʻrisidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini hamda feyk xabar ekanini maʼlum qildi.
“Oʻzavtosanoat” AJ tijorat banklari tomonidan Vazirlar Mahkamasining topshirigʻi ijrosi doirasida beriladigan imtiyozli avtokreditlar orqali avtomobillarni sotishga tayyor (tijorat banklarida jismoniy shaxslarning xaridlarini moliyalashtirish uchun kreditdan boshqa mexanizm mavjud emas).
Bundan tashqari, xatning asl nusxasida avtomobil xarid qilish uchun Asakabank, Aloqa Bank, Ipak Yoʻli Banki, InfinBANK, Biznesni Rivojlantirish Banki, Asia Allince Bank va Tenge Bank orqali turli mexanizmlar, jumladan, imtiyozli shartlarda joriy etilgani maʼlum qilinadi.
“Oʻzavtosanoat” AJ ijtimoiy tarmoqdagi guruh adminstratorlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻradi.