Hamyurtlarimiz bilan kechgan muloqot davomida mavjud muammolar o'rganildi. SHuningdek, konsullik-huquqiy yordam ko'rsatish yo'nalishida tegishli maslahatlar berildi.

O'tkazilgan suhbat davomida aniqlangan muammolar muassasa ma'muriyati yordamida belgilangan tartibda hal etildi.

Bundan tashqari, uchrashuv chog'ida vatandoshlarimizning O'zbekistondagi yaqin-qarindoshlari bilan onlayn muloqot tashkil etildi. O'z navbatida, diplomatlar jazoni o'tayotgan fuqarolarimizning oilalarini bezovta qilayotgan savollarga atroflicha javob berishdi.