Koʻrgazma tashkilotchilari tomonidan mazkur tadbirda 15 nafar mohir hunarmandlarning ishtirokini taʼminlash, shu bilan birga, koʻrgazma pavilyonini milliy anʼanalar asosida bezash, festival maydoni uchun ajratilgan hududda mamlakat toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi “Tourism & Travel Information” burchagi tashkil etiladi.
Ushbu hunarmandchilik koʻrgazmasi Qatar Davlatida birinchi bor oʻtkazilmoqda.
Koʻrgazma Oʻzbekistonning turistik potensialini oshirish, yaqin sharqda, keng ommaga milliy hunarmandchilikni namoyish etish, oʻzbek madaniyati va urf-odatlarini toʻlaqonli ochib berishga xizmat qiladi.