Farrux Yunusov Madaniyat vazirligi tizimidagi turli muassasalarda – “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi va Madaniyat vazirligining markaziy apparatining ijodiy va tashkiliy lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan. Xususan, u ijodkor yoshlar bilan ishlash, xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish, tanlovlarni rejalashtirish va oʻtkazish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surgan.
Shuningdek, u tayinlovga qadar Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.