Ushbu nufuzli ilmiy anjuman Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammitidan keyin oʻtkazilayotganida ham katta ramziy maʼno bor.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishga doir saʼy-harakatlari barcha sohalarda ulkan natijalarga erishish imkonini beradi. Ikki davlat adabiyotshunoslari hamkorligida tashkil etilgan ushbu konferensiya adabiy aloqalarimiz rivojida alohida oʻrin tutadi.
Ushbu nufuzli anjumanda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Nurboy Jabborov ishtirok etib, yalpi majlisda “Ahmad Yassaviy va Yunus Emro hikmatlarida ijodiy izdoshlik va adabiy taʼsir” mavzusida maʼruza qildi.
Ozarbayjonning bosh axborot agentligi AZƏRTAC xalqaro konferensiya haqida maqola chop etdi.
Xalqaro anjuman doirasidagi tadbirlar rejasiga koʻra professor Nurboy Jabborov Boku davlat universiteti talabalariga “XX asr boshlari oʻzbek-ozarbayjon adabiy aloqalariga doir manbalar” mavzusida maʼruza qildi.
Safar doirasida Nurboy Jabborov Ganja shahrida boʻlib, Sharqning buyuk mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy maqbarasini ziyorat qildi.