Olimning “Oʻtish davrida jamiyatni modernizatsiyalash inqirozlari” nomli fanga kiritgan ilmiy tushunchasi eʼtirof etilib, xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritildi.
Maʼlumotlar bazasi oʻtish davri bosqichlari, inqiroz paydo boʻlish shartlari, inqiroz turi, undan chiqish yoʻllari, jamiyatni modernizatsiyalash masalalari bilan boyitilgan.
Bundan tashqari, isloh etish va yangilashda yuzaga keladigan inqirozlar holatining vujudga kelish davri, sabablari va undan samarali chiqish yoʻllari belgilanib oʻrganiladi.
“Oʻtish davrida jamiyatni modernizatsiyalash inqirozlari” nomli tushuncha va ilmiy yangilik uzoq yillik tadqiqotlarga suyanib, xorij va mintaqamizda eʼlon qilingan ilmiy adabiyotlar, amaliy tajribalarni tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan.
Professor Baxtiyor Omonov fanga kiritgan maʼlumotlar bazasidan talabalar, tadqiqotchilar, siyosatchilar, iqtisodchilar, shuningdek, rivojlanish yoʻliga oʻtib olgan yosh davlatlar oʻzlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida foydalanishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, ilmiy yangilik sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya sohalarida qoʻllaniladi.