Oʻzbek olimlari yangi uskuna ixtiro qildi

    Ishlanma mamlakatimizda charm-poyabzal sanoatining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

    Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi M.T.Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari tomonidan “Materialga ishlov berish tezligini avtomatik boshqaruvchi valli mashina” konstruksiyasi ishlab chiqildi va ixtiroga patent olindi.

    Ushbu ishlanma teri xom-ashyosiga mexanik ishlov berishda ishchi vallar uzatmasini tezligini reostat yordamida materialning yuzasi boʻyicha qalinligining oʻzgarishiga mos ravishda texnologik jarayonning tezligi avtomatik holda boshqariladi.

    Ushbu valli texnologik mashinani qoʻllash orqali charm-poyabzal sanoatida qalinligi va kengligi xilma-xil boʻlgan teri xom-ashyolardan sifatli charm mahsulotlarini ishlab chiqarishga erishiladi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.