Oʻzbek oʻquvchisini AQSHda eʼtirof etishdi

    Okean ortida xushxabar keldi. Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi Gulmira Ravshanbekova AQSHdagi nufuzli xalqaro tashkilot “E-Confepence Giobe” tomonidan oʻtkazilgan “TECHOMIND-2021” zamonaviy fan va yutuqlar 3-global anjumanda oʻzining “Bir bor yaraqlab boq, “Oʻtgan kunlar”ga” maqolasi bilan qatnashgan edi.

    Adabiyot ixlosmandi boʻlgan oʻquvchi maqolasida birinchi oʻzbek romanining asrlarga tatigulik hayotiy saboqlarga boy qirralarini mohirona tasvirlab, tengqurlariga bu asarni oʻqish orqali shonli tariximizga sayohat qilib, kelajagimizni qadim qadriyatlar poydevori ustida qurishimiz lozimligini koʻrsatib bera olgandi. Mahorat bilan yozilgan maqola tadbir hayʼati aʼzolari eʼtiboriga tushdi va anjuman doirasida chop qilingan eng sara maqolalar toʻplamiga kiritildi.

    Ushbu eʼtirof ramzi sifatida Gulmiraga guvohnoma hamda birinchi raqamli sertifikat topshirildi.

    Roʻzimboy HASAN,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.