Axborot texnologiyalari va tizimlari an'anaviy pochta xizmatlariga — buyumlarni qabul qilish, kuzatish va etkazib berish jarayonlari kiradi. Kelgusida “Gibrid” pochtani qabul qilish va etkazib berish bo'yicha xizmatlar sonini ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu xizmat elektron jo'natish mumkin bo'lmagan muhr, ogohlantirishlar va xarajatlar hisobini etkazib berish uchun mo'ljallangan.

   Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini xaridorlarga onlayn sotish va etkazib berish, shuningdek, logistika markazlarini yaratish, saqlash va etkazib berishni o'z ichiga olgan xizmatlarni tashkil etish va rivojlantirish imkonini beruvchi elektron savdo maydonchasining axborot tizimini yaratish ko'zlangan.

  Aholidan taqdim etilgan to'lovlarni qabul qilish uchun moliyaviy xizmatlar ro'yxati ikki barobar oshadi. Bank xizmatlari mamlakat bo'ylab, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda kamida 1000 pochta aloqasi bo'limlariga autsorsing asosida taqdim etiladi. 2021 yil 1 apreldan boshlab pochta aloqa bo'limi ham autsorsing asosida kamida 13 turdagi davlat xizmatlarini ko'rsatadi.