Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rassom, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Kitob grafikasi va miniatyura kafedrasi professori Asliddin Kalonov Turkiyaning Adana shahrida 25-28-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan 7-xalqaro Turkiy davlatlar sheʼr va musiqa festivalida ishtirok etdi va “Eng yaxshi kitob illyustratsiyasi” nominatsiyasida gʻolib topildi.
Rassom A.Kalonovning qirgʻiz adibi J.Monoldorovning asariga ishlagan illyustratsiyalar Chukurova (Adana shahri tumani) adabiyotchilar uyushmasi tomonidan yuqori baholanib, yuksak mukofot — “Mustafo Kamol Otaturk” medali bilan taqdirlandi.