Jamgʻarma iqtisodiyotning ustuvor sektorlaridagi oʻzini oʻzi qoplaydigan loyihalarni zayomlar taqdim etish yoʻli bilan moliyalashtirishni amalga oshiradi. Bunda eng avvalo ekotexnologiyalarning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlovchi loyihalar qoʻllab-quvvatlanadi.
“Yashil iqtisodiyot”ning rivojlanishida ustuvor yoʻnalishlar sifatida ekologiyani asrash, zamonaviy tozalash tizimlarini joriy etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi bandlar joy olgan. Joriy yilning noyabr oyida tashkil etilgan Oʻzbek-qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasi aynan daromad keltiradigan va ekotexnologiyalarga tayanadigan sohani moliyalashtiradi.
Shuni taʼkidlaymizki, jamgʻarmaning shakllanishiga ikki davlat rahbarlari Sadыr Japarov va Shavkat Mirziyoyevlarning bu yil mart oyidagi oʻzbek-qirgʻiz hamkorligiga oid oʻnlab hujjatlar imzolangan ikki tomonlama kelishuvi tufayli imkon paydo boʻldi, deb xabar beradi Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati.