Oʻzbek tilidagi kitoblar Qozogʻistondagi oʻzbek madaniy markazlari kutubxonalariga topshirilmoqda

    Mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulligi maʼlumotiga koʻra, “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan hamkorlikda Shimkent, Qiziloʻrda, Taraz, Turkiston va Olmaota shaharlarida joylashgan Oʻzbek etno-madaniy markazlari kutubxonalariga oʻzbek mumtoz adabiyotining eng sara asarlari oʻrin olgan bir necha nomdagi kitoblar taqdim etildi.

    Jumladan, Jambil viloyat oʻzbeklar etno-madaniy birlashmasiga ellikdan ziyod oʻzbek adabiyoti asarlari oʻrin olgan kitoblar topshirildi.

    Birlashma rahbariyatining aytishicha, ushbu adabiyotlar Qozogʻistonda voyaga yetayotgan oʻzbek oilalari farzandlarining oʻz ona tilini chuqur oʻrganishiga xizmat qiladi.

    Bosh konsulxona tomonidan ushbu xayriya loyihasi davom ettirilmoqda.