Oʻzbek yosh yozuvchisi Angliyadagi adabiy festivalda qatnashadi

    Keyingi avlod 30 Dekabr 2020 1047

    Qashqadaryolik jurnalist Angliyaning Manchester shahrida oʻtkaziladigan Muslim Arts and Culture Festival (Musulmonlar sanʼat va madaniyat festivali)da yagona Markaziy Osiyolik ishtirokchi sifatida qatnashadi.

    2021-yilning mart oyida 70dan ortiq tadbirlaridan biri Manchesterda “Pandemiya davrida ijod va hayot” mavzusida tashkil etiladi hamda unda qashqadaryolik Asror Allayarov ishtirok etadi. Bu haqda MACFEST tomonidan chop etilgan tadbirlar toʻplamida hamda www.macfest.org.uk saytida eʼlon qilingan.

    – Ingliz tilidagi koʻplab hikoyalari bilan bizga yaxshi tanish boʻlgan Asror Allayarov oʻzbekistonlik ijodkor sifatida maʼruza qilishini, muzokaralarda ishtirok etishini judayam xohladik, – deydi festival tashkilotchisi, Britaniya Qirolichasi mukofoti sohibasi Qaisra Shahraz. – Ishonamanki oʻzbek zamonaviy adabiyoti, sheʼriyati haqida kuzatuvchilarda tasavvurlari yana-da boyiydi. Sababi turkiy til adabiyoti hamisha dunyo ijodkorlarini oʻziga ohangraboday chorlab turgan.

    Tadbirda Mansester shahri sherifi, turli davlatlar elchilari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat ixlosmandlari hamda Angliya OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.