Oʻzbekcha Vikipediya Markaziy Osiyoda birinchilikka chiqdi

    Raqamlashtirish 17 Aprel 2023 2049

    Oʻzbek tilidagi maqolalar soni 233 mingdan oshib, butunjahon Vikipediyalar tizmasida 45-oʻringa koʻtarildi.

    Joriy yilning 14–20-aprel kunlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻzbek tilining jahon internet tarmogʻidagi nufuzini oshirishga qaratilgan “VikiOromgoh” loyihasi start berildi.

    Loyiha davomida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan oʻzbekcha Vikipediyaga maqola kiritish koʻnikmalari oʻrgatilmoqda. Oromgohga qadar Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar soni 224 317 tani tashkil etgan boʻlsa, ayni damda 233 mingga yetdi deb xabar beradi Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmati.

    Dastlabki uch kunda oʻsishlar soni qariyb 10 ming maqolaga yetib, jahon Vikipediyalar tizmasida 45-oʻringa koʻtarildi hamda Markaziy Osiyoda birinchilikka chiqdi.