Oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar soni 150 mingtadan oshdi

    Bo'sh vaqtda 5 Iyul 2022 2271

    May oyidagi “WikiStipendiya” loyihasi boshlangandan beri 3-iyul holatiga koʻra, oʻzbekcha Wikipediaʻda yaratilgan maqolalar soni 150 000 taga yetdi.

    Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qildi.

    Oʻzbekcha Wikipedia ayni paytda 150 082 ta maqola bilan barcha tillardagi Wikipediaʻlar orasida 58 oʻrinda bormoqda. Bunga qadar esa xattoki oʻlik tillardan ham pastroq, 62 oʻrinda boʻlgan.

    “Viki-stipendiya” loyihasi ishga tushgach, avval oʻzbekcha Vikipediyada mavjud boʻlmagan juda koʻplab maqoalalar joylandi. Masalan, «Yangi Oʻzbekiston bogʻi», «Zakovat» intellektual oʻyini, Samarqand noni, Oʻzbekiston Qahramoni Lola Murotova haqidagi maqolalar shular jumlasidandir.

    Maʼlumot uchun, loyihada ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_bot orqali roʻyxatdan oʻtish va Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalarni boyitishda faol ishtirok etish mumkin. Loyiha AOKA, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.

    Maqolalar yaratish boʻyicha WikiStipendiya marafoni 2022-yilning 12-dekabriga qadar davom etadi. Unda roʻyxatdan oʻtgan har qanday ishtirokchi qatnashishi mumkin. Gʻoliblar bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi:

    1-oʻringa — 50 000 000 soʻm;
    2-oʻringa — 40 000 000 soʻm;
    3-oʻringa — 30 000 000 soʻm;
    4−8-oʻrinlarning har biriga — 20 000 000 soʻmdan;
    9−18-oʻrinlarning har biriga — 10 000 000 soʻmdan;