Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamgʻarmasi Yoshlar agentligiga oʻtkaziladi

    Eng koʻp ish oʻrni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamgʻarma kengashiga kiradi. Jamgʻarma rahbarini ham ushbu yoshlarni oʻzi saylaydi.

    Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga oʻrgatish, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratadigan loyihalarni koʻpaytirish boʻyicha ham katta oʻzgarishlar boʻladi.

    Buning uchun har yili 100 million dollar ajratiladi. Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamgʻarmasi Yoshlar agentligiga oʻtkaziladi.

    Eng koʻp ish oʻrni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamgʻarma kengashiga kiradi. Jamgʻarma rahbarini ham ushbu yoshlarni oʻzi saylaydi.

    Jamgʻarma, yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga “biznes paket” qilib beradi, loyihani tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonida koʻmaklashadi, bozorini topadi.

    Jamgʻarma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “toʻrtinchi sanoat” kasblariga oʻqitish markazi ochadi va toʻliq jihozlab beradi.

    Ushbu markazlar yosh tadbirkorlarga 1-yil imtiyozli davr bilan 10-yilga ijaraga beriladi. Markazlarning oʻquv dasturlari xalqaro standartlarga moslashtiriladi.

    Jamgʻarma Surxondaryo tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan Yoshlar sanoat zonasida sanoat binolari quradi.

    Bu joylar “sanoat ipotekasi” asosida yuqori qiymat yaratadigan loyihalar uchun yoshlarga 7-yilda boʻlib toʻlash sharti bilan beriladi. Bunda yoshlardan birinchi yil uchun toʻlov undirilmaydi.