Ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil qilingan tanlovda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining iqtidorli talabalari Sherdor Malikov, Shaxboz Dushaboyev, Behzod Komiljonov, Nargiza Jalgasbayeva, Sharifjon Sharopov “Oʻzbekgidroenergo” AJ ning nomdor stipendiyasi sovrindorlari deb topildi.
TIQXMMI majlislar zalida oʻtkazilgan navbatdagi tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ana shu iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan stipendiat talabalar “Oʻzbekgidroenergo” AJ rahbariyati nomiga samimiy minnatdorchilik bildirib, kelgusida mazkur bildirilgan yuksak ishonchni oqlashga, soha uchun bilim salohiyati yuqori mutaxassis-kadrlar boʻlib yetishish hamda munosib kadrlar sifatida xizmat qilishga vaʼda berdi.