Maqola muallifiga koʻra, Ipak yoʻli va unda Oʻzbekistonning ahamiyatini yaxshiroq tushunish uchun Samarqand, Buxoro va Xivaga tashrif buyurish kerak.

Shuningdek, maqolada UNWTO tomonidan 2023-yilda “Eng yaxshi turistik qishloqlar” roʻyxatiga kiritilgan Oʻzbekistonning Sentob qishlogʻi sayyohlarda qiziqish uygʻotishi mumkinligi aytiladi. U tabiat, organik oziq-ovqat va eko-togʻ turizmiga eʼtibor qaratgan holda barqaror rivojlanishga sodiqligi uchun eʼtirof etildi.

“86 davlat fuqarolariga vizasiz kirishni taʼminlagan Oʻzbekiston tashrif buyuruvchilarni oʻzining chiroyli landshaftlari va yaxshi saqlangan meʼmorchiligi bilan qoyil qoldirishga tayyor”, — deyiladi maqolada.

Tashrif uchun eng yaxshi davlatlar roʻyxatiga Singapur, Ispaniya, Indoneziya, Angola, Koreya va boshqa bir qator davlatlar kiritildi.

Qayd etish joizki, Oʻzbekiston Markaziy Osiyodan ushbu roʻyxatga kiritilgan yagona davlatdir.