Ikki tomonlama sheriklikning bugungi holati, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirish ishlari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Maʼlumot uchun: 2023-yil yakuniga koʻra Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi. Germaniya sarmoyalarining oʻzlashtirilgan hajmi 913,2 million yevroni tashkil etdi. Oʻzbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi 215 ta korxona, jumladan, 112 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat koʻrsatib kelyapti.
Uchrashuv yakuni boʻyicha tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga oʻzaro intilishlarini tasdiqladilar, shuningdek, oʻzaro savdoni yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.