Лого Лого-пв-уз

    Oʻzbekiston – Ispaniya: Ikki tomonlama hamkorlikning amaliy davomi

    Transport 29 Dekabr 2021 411

    Avval xabar berilganidek, noyabr oyida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b. Xasilovning X.N. Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi MDH mamlakatlari va Yevropa boʻyicha tijorat direktori janob Enrike Riyeska boshchiligida delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Muloqot chogʻida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poyezdlariga texnik xizmat koʻrsatish, shuningdek, ularni yanada rivojlantirish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etildi. Temir yoʻl sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikning navbatdagi amaliy aksi yangi qoʻshma bitimda oʻz ifodasini topdi.

    Bugun, onlayn tarzda oʻtkazilgan uchrashuvda “Patentes Talgo S.L.U. kompaniyasining tijorat direktori Alvaro Seguro boshchiligida yuqori tezlikdagi harakatlanuvchi elektropoyezdlariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma imzolandi. Shartnomaga koʻra, 4 yil muddatga yurtimizda mavjud 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlariga texnik xizmat koʻrsatish ispaniyalik mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.