Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 16,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.
Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 6,3 million AQSH dollariga koʻp.
2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
Qirgʻiz R. – 4,9 million;
Ozarbayjon – 3,7 million;
Afgʻoniston – 2,4 million;
Rossiya – 1,9 million;
Saudiya Arabistoni – 1,5 million;
Qozogʻiston – 1,3 million;
Tojikiston – 288,3 ming;
AQSH – 169,3 ming;
Ukraina – 141,9 ming;
Turkiya – 114,7 ming AQSH dollari.
Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-iyun oylarida 15 ta xorijiy davlatlarga gilam eksport qilgan.