Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 48 198 tonna koʻp shisha va shisha mahsulotlari eksport qilingan boʻlib 239 foizga oʻsishga erishildi.

Eksport qilingan shisha va shisha mahsulotlari natijasida yurtimizga valyuta tushumlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11 million dollarga koʻpayib, 140 foiz oʻsishga erishildi.

Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, shisha va shisha mahsulotlarining 58 foizi Qozogʻistonga, 15 foizi Tojikistonga va 13 foizi Turkmanistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda shisha va shisha mahsulotlarining eksporti qiymati Rossiyaga 12 barobarga, Armanistonga 9,8 barobarga, Gruziyaga 7,1 barobarga va Ozarbayjonga 2,3 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Irlandiya va AQSHga shisha va shisha mahsulotlari eksporti yoʻlga qoʻyildi.