Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning 1-choragi davomida qiymati 15,6 million AQSH dollariga teng boʻlgan 20,5 ming tonna pomidor eksport qilgan.
Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,5 ming tonnaga koʻp.
2021-yilning 1-choragi davomida Oʻzbekiston pomidor eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 11,7 ming tonna;
Qozogʻiston – 5,9 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 2,1 ming tonna;
Tojikiston – 766,2 tonna;
Afgʻoniston – 12,0 tonna;
Ukraina – 3,4 tonna.