Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston 2021-yilning 6 oyida xorijga qiymati 7,7 million AQSH dollariga teng bo'lgan 8,8 ming tonna o'rik eksport qildi.
Ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda, 48,1 ming tonnaga kamaygan.
Joriy yilning 6 oyi davomida O'zbekiston o'rik eksport qilgan davlatlar orasida Qozog'iston yetakchilik qilib, mamlakatga 4,0 ming tonna meva jo'natilgan.
Shuningdek, Rossiyaga 3,1 ming tonna, Qirg'iziston Respublikasiga 1,4 ming tonna, BAAga 1,7 tonna, Mongoliyaga 0,5 tonna o'rik eksport qilingan.