Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 7 oyida Oʻzbekiston 15 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 16,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan 90,8 ming tonna karam eksport qilgan.
Karam eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,1 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston eng koʻp karam eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 59,1 ming tonna;
Rossiya – 20,8 ming tonna;
Ukraina – 5,0 ming tonna;
Belarus – 2,8 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 1,9 ming tonna.
2021-yilning 7 oyida eng koʻp karam eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 32,4 ming tonna;
Xorazm viloyati – 10,3 ming tonna;
Surxondaryo viloyati – 7,0 ming tonna.