Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 258,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 12,2 mingta yengil avtomobillar import qilgan.

Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kamaygan.

2021-yilning oʻtgan 7 oyi mobaynida Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy – 3 751 ta;

Koreya – 3 187 ta;

Rossiya – 2 589 ta;

Qozogʻiston – 1 330 ta;

Polsha – 386 ta;

Litva – 312 ta;

Tailand – 250 ta;

AQSH – 238 ta;

Germaniya – 70 ta;

Yaponiya – 56 ta.

Maʼlumot oʻrnida, 2021-yilning 7 oyida qiymati 7,7 million AQSH dollariga 432 ta elektromobil import qilingan.