Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar oyida qiymati 4,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan 7,4 ming tonna pomidor eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich:

2019-yil yanvar oyida – 2,1 ming tonna

2020-yil yanvar oyida – 2,9 ming tonna

2021-yil yanvar oyida – 7,4 ming tonna

2021-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston pomidor eksport qilgan davlatlar: Rossiya – 3,6 ming tonna;

Qozogʻiston – 2,9 ming tonna;

Qirgʻiziston – 542,1 tonna;

Tojikiston – 275,3 tonna;

Ukraina – 0,7 tonna.