Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 20 ta xorijiy davlatlarga qiymati 751,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan 87,6 ming tonna mis mahsulotlarini eksport qilgan.
Mis eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,3 ming tonnaga oshgan.
2021-yilning 8 oyida Oʻzbekiston mis mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Turkiya – 63,7 ming tonna;
Xitoy – 10,2 ming tonna;
Qatar – 3,5 ming tonna;
Rossiya – 2,6 ming tonna;
Litva – 2,4 ming tonna;
Qozogʻiston – 1,5 ming tonna;
Ozarbayjon – 956 tonna;
Gruziya – 924 tonna.