Unda yuristlar, advokatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi, shuningdek, Rossiya yuridik hamjamiyatlari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv chogʻida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va yuristlar uchun yaratib berilayotgan yangi imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi, shuningdek Oʻzbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasida duch kelayotgan huquqiy muammolarga samarali yechim topish maqsadida vatandoshlarimiz bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi, deya xabar beradi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Huquqiy muammolarni oʻrganish va ularni hal etishda qonunchilik darajasida koʻmak koʻrsatish maqsadida Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilayotgan yurist vatandoshlarimiz bilan dolzarb masalalar boʻyicha doimiy uchrashuvlar tashkil qilish taklif etildi.