2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan.
Bu 2020-yilga nisbatan 14,5 foizga koʻp.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, jami avtotransport vositalaridan:
Yengil avtomobillar – 2 767 126 ta;
Yuk avtomobillari – 168 810 ta;
Avtobuslar – 5 711 ta;
Mikroavtobuslar – 8 518 ta;
Maxsus transportlar – 5 130 ta.