Xususan, harbiylarimiz ayollar va erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan “Sodiq doʻst”, “Harbiy tibbiy estafeta” va “Dala oshxonasi” musobaqalarida “oltin” olishdi. Umid qilamizki, qolgan 4 ta ARMI-2021 musobaqasi ham Oʻzbekiston harbiylari uchun samarali boʻladi.
P.S. Yettinchi Xalqaro armiya oʻyinlari 22-avgustdan 4-sentyabrgacha bir vaqtning oʻzida 11 mamlakatning 23 ta poligonida boʻlib oʻtmoqda. Hammasi boʻlib, ARMI-2021da 42 mamlakatdan 5 mingdan ziyod harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda.