IHT rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari yuksak siyosiy, huquqiy va tashkiliy saviyada oʻtganligini taʼkidladi hamda aholining saylov jarayonida faol ishtirok etganligini alohida qayd etdi. Unga koʻra, saylovlar xalqaro standart va meʼyorlarga toʻla mos ravishda tashkil etildi.
Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va IHT oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishning bugungi holati va istiqbollari ham muhokama qilindi. Xususan, IHT hududida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, mintaqa ichida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, oʻzaro sayyohlik oqimlarini koʻpaytirish va madaniy-gumanitar loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.