Oʻzbekiston bilan Slovakiya oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi — Sherzod Asadov

    Hukumat 9 Iyun 2025 657

    Shu yilning 9-iyun kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing oʻtkazdi.

    Bu hafta mamlakatimiz tashqi siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim voqealar juda koʻp. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso bilan muzokaralar oʻtkazdi. Oʻzbekiston bilan Slovakiya oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi. Ertaga davlatimiz rahbari Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev bilan muzokaralar oʻtkazadi. Bugun Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻz ishini boshlaydi. Unda 8 ming nafar delegat, shu jumladan 100 ga yaqin davlatdan 3 mingga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda, — deb yozadi Sherzod Asadov.

    Jumladan, Bolgariya Prezidenti Rumen Radev, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso, Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyev, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi oʻrinbosari Nokerguli Ataguliyev, shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef va boshqalar qatnashadi.

    — forumda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq soʻzlaydi. Davlatimiz rahbari global xavfsizlik chaqiriqlari jahon iqtisodiyotiga oʻtkazayotgan taʼsiri tendensiyalarini hisobga olib, hamkorlikning asosiy tamoyillari hamda Oʻzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy dasturining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha oʻz fikrlarini bildiradi.
    — forum doirasida birinchi marta Milliy koʻrgazma boʻlib oʻtadi;

    Shuningdek, shu yilning 11-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining 3-yalpi majlisi boʻlib oʻtadi.