Erkaklar jamoamiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy olgan boʻlsa, ayollar jamoamiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yetakchilikni qoʻldan boy bermadi.
Umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrin Qozogʻiston, uchinchi oʻrin esa Ukraina bokschilariga nasib etdi.
Gʻolib va sovrindorlar:
Oltin medal
- Fazliddin Erkinboyev (-75 kg)
- Akmaljon Isroilov (-85 kg)
- Toʻrabek Xabibullayev (-90 kg)
- Sabina Boboqulova (-48 kg)
- Nigina Oʻktamova (-57 kg)
- Navbahor Hamidova (-65 kg)
- Aziza Zokirova (-75 kg)
Kumush medal
- Javohir Ummataliyev (-80 kg)
- Ozodbek Aliyev (+90 kg)
- Feruza Kazakova (-51 kg)
- Oltinoy Sotimboyeva (+90 kg)
Bronza medal
- Asilbek Jalilov (-50 kg)
- Shavkatjon Boltayev (-70 kg)
- Norbek Abdullayev (-85 kg)
- Samir Sobirov (-90 kg)
- Farzona Fozilova (-48 kg)
- Ruxshona Parpiyeva (-80 kg)
Jamoamizning ushbu muvaffaqiyatida bosh murabbiylar Toʻlqin Qilichev va Elshod Rasulov boshchiligidagi keng tarkibli murabbiylar shtabi hamda tibbiy xodimlarning xizmati katta boʻldi.