Erkaklar jamoamiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy olgan boʻlsa, ayollar jamoamiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yetakchilikni qoʻldan boy bermadi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrin Qozogʻiston, uchinchi oʻrin esa Ukraina bokschilariga nasib etdi.

Gʻolib va sovrindorlar:

Oltin medal

  • Fazliddin Erkinboyev (-75 kg)
  • Akmaljon Isroilov (-85 kg)
  • Toʻrabek Xabibullayev (-90 kg)
  • Sabina Boboqulova (-48 kg)
  • Nigina Oʻktamova (-57 kg)
  • Navbahor Hamidova (-65 kg)
  • Aziza Zokirova (-75 kg)

Kumush medal

  • Javohir Ummataliyev (-80 kg)
  • Ozodbek Aliyev (+90 kg)
  • Feruza Kazakova (-51 kg)
  • Oltinoy Sotimboyeva (+90 kg)

Bronza medal

  • Asilbek Jalilov (-50 kg)
  • Shavkatjon Boltayev (-70 kg)
  • Norbek Abdullayev (-85 kg)
  • Samir Sobirov (-90 kg)
  • Farzona Fozilova (-48 kg)
  • Ruxshona Parpiyeva (-80 kg)

Jamoamizning ushbu muvaffaqiyatida bosh murabbiylar Toʻlqin Qilichev va Elshod Rasulov boshchiligidagi keng tarkibli murabbiylar shtabi hamda tibbiy xodimlarning xizmati katta boʻldi.