— Mazkur terminal nafaqat Oʻzbekistonga shakar tashishda, shu bilan birga eksport yuklarimizni xorijlik hamkorlarimizga yetkazib berishda ham xizmat qiladi. Kelgusida Alyat portidan foydalanish uchun portning infra tuzilmasini rivojlantirishda davlat-xususiy sherikchilik asosida oʻzbek tadbirkorlarini mablagʻ kiritishlariga jalb qilmoqchimiz, — deydi Transport vaziri oʻrinbosari Abdusamat Moʻminov.

Uning soʻzlariga koʻra, hozir tomonlar Boku porti hududida Oʻzbekiston yuklarini saqlash uchun ombor infratuzilmasini yaratish boʻyicha amaliy ishlar qilmoqda.

Moʻminovning qoʻshimcha qilishicha, bu yil Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga muvofiq, Oʻzbekiston Ozarbayjon va Gruziya portlari orqali yuk tashish hajmini 1,5 milliona tonnagacha oshirishadi.

— Hozirgi dunyodagi giyosiyosiy vaziyat yuk tashishning muqobil yoʻllarini qidirishni talab qilmoqda, — deydi vazir oʻrinbosari. — Shu maʼnoda Oʻzbekiston yuklarni Ozarbayjon yoʻnalishi tomon qayta yoʻnaltirish orqali Oʻrta yoʻlak (Trans-Kaspiy xalqaro transport yoʻli) salohiyatini rivojlantirilmoqda. Bugungi kunga kelib, ayniqsa, shakar importi uchun Ozarbayjonning transport salohiyatidan, Boku xalqaro dengiz savdo portining imkoniyatlaridan juda faol foydalanmoqdamiz. Bu yil shakar yetkazib berishni ikki baravar (300 ming tonnagacha) oshirishni rejalashtirganmiz.

Uning qayd etishicha, 2022-yili Ozarbayjon hududi orqali shakar xomashyosini tashish 130 ming tonnani tashkil qilgan. Umuman olganda, 2022-yilda Ozarbayjonning Alyat porti orqali Oʻzbekiston Respublikasi eksport-import yuklarini tashish hajmi 65 foizga oshib, 900 ming tonnadan ortiqni tashkil qildi.