O‘zbekiston Bosh vaziri Qozog‘iston Bosh vazirini tabrikladi

    Xalqaro hamkorlik 12 Yanvar 2022 2126

    Joriy yilning 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

    Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

    Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Smailovni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

    Suhbat davomida Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni birgalikda izchil amalga oshirish, ochiqlik, anʼanaviy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan ko‘p qirrali strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yana-da kengaytirishni davom etirish taʼkidlandi.