Oʻzbekiston Bosvana bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi

    Bosvana Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqa oʻrnatgan 153-davlat boʻldi.

    Oʻzbekiston Janubiy Afrikadagi davlat — Bosvana bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi.

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bosvana davlatining tashqi ishlar vaziri Lemogang Kvape janoblari bilan Diplomatik aloqalar oʻrnatish boʻyicha qoʻshma kommyunikeni imzoladi.

    — Botsvanani yillar davomida jadal iqtisodiy oʻsishga erishib kelayotganini yuksak baholaymiz. Ikki mamlakat davlat va xususiy sektor vakillari oʻrtasida faol hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldik, — deydi Baxtiyor Saidov.