Ertaga faqat respublikaning markaziy, sharqiy va togʻli hududlarida yomgʻir va qor koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik boʻlishi saqlanib turadi.

Oʻzbekistonning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Koʻpchilik hududlarda havo harorati kechasi 0…-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi +2…+7 daraja iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi -8…-13 daraja sovuq, kunduzi 0…-5 daraja sovuq boʻladi.

15-16-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Oʻzbekiston boʻyicha ish haftasining oxirigacha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, havo harorati kechalari -3 daraja sovuq — +2 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari +8…+13 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtarilishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda: 15-yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -1 daraja sovuq – +1 daraja iliq boʻladi.

16-yanvarda vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi -1…-3 daraja sovuq, kunduzi +2…+4 daraja iliq boʻladi.

17-18-yanvar kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorati 17-yanvarda kechasi -1…-3 daraja sovuq, kunduzi +6…+8 daraja iliq, 18-yanvarda kechasi -1 daraja sovuq - +1 daraja iliq, kunduzi +8…+10 daraja iliq boʻladi.