Festival doirasida milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari koʻrgazmalari, dronshoular, etnosport bellashuvlari, uloq-koʻpkari, kurash musobaqalari va boshqa milliy tadbirlar oʻtkaziladi.

Taniqli sanʼatkorlar hamda folklor jamoalar ishtirokida festivalning ochilish marosimi, shuningdek, koʻrik-tanlov va sport musobaqalari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimlari tashkil etiladi.

Xalqaro festival boʻlib oʻtadigan yashil adirlikda yuzdan ortiq oʻtov oʻrnatilib, milliy urf-odat va qadriyatlarimiz namoyish qilinadi.

Taqdimot yakunida mutasaddilarga milliy nomoddiy merosimiz keng tarannum etiladigan xalqaro festivalni yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan tegishli vazifalar topshirildi.