Milliy terma jamoamizga munosib nomzodlarni aniqlab bergan ushbu musobaqaga qiziqish har qachongidan yuqori boʻldi. Sababi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi janglarning adolatli va shaffof oʻtishini taʼminlash maqsadida ushbu musobaqaga xorijdan taniqli referilarni ham jalb qildi.
Kecha erkaklar oʻrtasida 13ta vazn toifasida Oʻzbekiston chempionatining final janglari oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Eʼtiborli jihati, kechagi janglarda Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari hamda Serbiyada oʻtkazilgan jahon chempionati ishtirokchilari final janglarida imkoniyatni boy berishdi. Bungacha ham bir qator nomdor bokschilarimiz magʻlubiyat alamini tortib koʻrishgan edi. Bir soʻz bilan aytganda, ushbu musobaqa bizga yangi nomlar va yangi isteʼdodlarni kashf qilib berdi.
Quyida erkaklar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining final janglari qatnashchilari hamda gʻoliblari bilan tanishing:
-48 kg vazn toifasida:
Asilbek Jalilov – Shodiyor Meliqoʻziyev
-51 kg:
Mironshoh Ibragimov – Xoʻjanazar Nortojiyev
-54 kg:
Dilshod Abduvaliyev – Shahzod Muzaffarov
-57 kg:
Shunqor Abdurasulov – Hasanboy Latiboxunov
-60 kg:
Xurshidbek Rasuljonov – Faryozbek Hakimov
-63,5 kg:
Ruslan Abdullayev – Mujibullo Tursunov
-67 kg:
Javlonbek Yoʻldoshev – Jahongir Rahmonov
-71 kg:
Azizbek Tojiyev – Bobousmon Baturov
-75 kg:
Saidjamshid Jafarov - Abdulaziz Abdupattayev
-81 kg:
Odiljon Aslonov – Dilshod Roʻzmetov
-86 kg:
Timur Marjanov – Joʻrabek Toshtemirov
-92 kg:
Jamshidjon Abdullayev – Javohir Togʻaymurodov
+92 kg:
Jahongir Zokirov – Jamshid Xudoyberganov