A.Tojiboyev 1979-yil Fargʻona viloyatida tavallud topgan. 2007-yil Oʻzbekiston davlat sanʼat institutini tamomlagan. Soʻnggi yillarda, Madaniyat vazirligining boshqarma boshligʻi, “Oʻzbekkonsert” Davlat muassasasi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Madaniyat vazirligi A.Tojiboyevning Oʻzbekiston davlat filarmoniyasidagi faoliyatiga ulkan yutuqlar tilaydi.