Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasini Balx viloyati gubernatori Mullo Muhammad Dovud Muzammil va boshqa rasmiylar kutib olgan.
Eslatib oʻtamiz, bugun, 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining birodar afgʻon xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yuki ortilgan toʻqqizta maxsus yuk mashinasi Termiz orqali Afgʻonistonning Xayraton shahriga joʻnatilgan edi.