Jenevada boʻlib oʻtayotgan assambleyaning ochilish marosimida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Bosh direktori T.Gebreyesus, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi A.Guterrish hamda Shveysariya, Fransiya, Xorvatiya, Keniya, Dominikan Respublikasi, Botsvana, Ekvador va Bangladesh davlatlari rahbarlari soʻzga chiqdi.

Tadbirda sogʻliqni saqlash sohasiga daxldor dunyo miqyosidagi global muammolar va ularning yechimiga doir chora-tadbirlar muhokama etilyapti.

Assambleyaning 75-sessiyasi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati