Uchrashuvda mintaqada xavfsizlikni taʼminlash va oʻzaro ishonchni mustahkamlash, pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiy hamkorlikni ragʻbatlantirish masalalari, shuningdek Afgʻonistondagi hozirgi vaziyat muhokama qilindi.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazdi.
12-oktyabrda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha Kengashga aʼzo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlarini Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.