Oʻzbekiston delegatsiyasi Ostona shahrida boʻlib oʻtgan “5+1” shaklidagi yigʻilishda ishtirok etdi

    Xalqaro hamkorlik 1 Mart 2023 884

    Oʻzbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov 2023-yil 28-fevralda Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari va Amerika Qoʻshma Shtatlarining “5+1” shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.

    Tadbir davomida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari oʻzaro hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar,

    deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.