Oʻzbekiston delegatsiyasi Seulda Koreya Respublikasi davlat qonunchiligi vaziri bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 25 Iyul 2022 1921

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasi davlat qonunchiligi vaziri Li Van Gyu bilan uchrashdi.

    Janubiy Koreya Davlat qonunchiligi vazirligi 1948-yilda tashkil etilgan boʻlib, davlat qonunchiligini nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sanaladi.

    Muloqot chogʻida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ham maʼlumot taqdim qilindi.

    Oʻz navbatida, Li Van Gyu mazkur islohotlar jarayoniga ijobiy baho berib, bu borada u mamlakat milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish, uni umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha qisqa muddatda amalga oshirilgan tizimli ishlar, xususan, Saylov kodeksi qabul qilinganini alohida taʼkidladi.

    Uchrashuvda Koreya Respublikasi Davlat qonunchiligi vazirligi bilan Oʻzbekiston Adliya vazirligi hamda Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalasi boʻyicha ham fikr almashildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.