Oʻzbekiston delegatsiyasi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh konferensiyasida

    Energetika 27 Sentabr 2022 2268

    Joriy yil 26-sentyabrda Venada XAEA yillik Bosh konferensiyasining 66-sessiyasi ish boshladi.

    Ushbu tadbirda 175 ta XАEA ishtirokchi-davlatlari qatorida Oʻzbekiston Respublikasi ham ishtirok etyapti.

    Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi “Oʻzatom” agentligi, fanlar akademiyasi va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasidan tarkib topgan.

    Aytish kerakki, bosh konferensiya agentlikning asosiy rahbarlik organi hisoblanadi. Konferensiya yakunida esa XAEA faoliyatining eng asosiy masalalari borasida tegishli qarorlar qabul qilinadi. Bosh konferensiya doirasida umumiy muzokaralar oʻtkaziladi va unda delegatsiya rahbarlari oʻzlarining dasturiy chiqishlari bilan ishtirok etadi.

    Bosh konferensiya bilan bir qatorda XAEA doimiy ravishda yadro texnologiyalari va fanga bogʻliq boʻlgan ilmiy forumlar oʻtkazadi.

    Bularning barchasi- Vena xalqaro markazida (VXM)bosh konferensiya bilan bir vaqtda oʻtadi.

    XAEA bosh konferensiyasining 66-sessiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasi XAEA rahbarlari, boshqa mamlakatlar vakillari va atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasida hamkorlikni amalga oshirish masalasida masʼul boʻlgan kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati

    “Oʻzatom” Agentligi maʼlumotiga tayanib.