Hamyurtimiz Sh.A. Yevropaga yuk avtomobili haydovchisi sifatida mehnat faoliyatini olib borish uchun borgan. U Fransiyada bo‘lib turgan paytida sog‘lig‘i keskin yomonlashib, Tur shahridagi shifoxonaga yotqizilgan va u yerda uzoq vaqt davolangan.

U shifoxonada bo‘lgan vaqtda O‘zbekistonning Fransiyadagi diplomatik missiyasi hamyurtimiz hamda tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatib, zarur ko‘mak ko‘rsatdi.

Vatandoshimizning sog‘lig‘i yaxshilangach, u eson-omon O‘zbekistonga olib kelindi. U endilikda oilasi bag‘rida sog‘lig‘ini tiklab, keyingi muolajalarini davom ettiradi.

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi xorijdagi vatandoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mushkul vaziyatga tushib qolgan hamyurtlarga tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi tizimli ishlarni davom ettirmoqda.