Dunyoning eng yaxshi davlatlari reytingiga ilk bor Oʻzbekiston ham kiritildi.

Reyting Amerikaning U.S. News & World Report jurnali tomonidan eʼlon qilindi va yurtimiz 78 mamlakat orasida 73-oʻrinni egallagan.

Reytingni tuzishda sayohat, madaniy taʼsir, tadbirkorlik, biznes ochish imkoniyati, harbiy qudrat, yashash darajasi, ijtimoiy maqsad va boshqa mezonlar inobatga olingan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozogʻiston (72-oʻrin) ham reytingga kiritilgan. Qirgʻiziston va Tojikiston esa umuman kiritilmagan.

Kanada, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya va Avstraliya eng yaxshi beshlikka kiritilgan.